Asosiy mazmunga o'tish
Kirish Ro'yxatdan o'tish

01Muallif haqida

Shoyeva Yulduz Amin qizi

Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi · Buxoro davlat pedagogika instituti · Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti

Ilmiy tadqiqot mavzusi

«5E modeli orqali boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (tabiiy fan misolida)»

Shoyeva Yulduz Amin qizi — 1997-yil 13-oktyabr sanasida Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug'ilgan. Hozirda Buxoro davlat pedagogika institutining «Boshlang'ich ta'lim» kafedrasi o'qituvchisi.

2003-2012-yillarda Vobkent tumanidagi 1-sonli maktabda tahsil olgan, 2015-yilda Vobkent tuman «Qishloq xo'jalik» kasb-hunar kollejini tamomlagan. 2015-2019-yillarda Buxoro davlat universitetining «Boshlang'ich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi» yo'nalishi bo'yicha bakalavriaturani, 2021-2023-yillarda esa BuxDPI magistraturasini shu yo'nalishda tugatgan.

Mehnat faoliyati 2020-2021-yillarda Buxoro tumanidagi 26-maktabda laborant lavozimidan boshlangan. 2022-2023-yillarda BuxDPI «Boshlang'ich ta'lim» kafedrasida kabinet mudiri bo'lib ishlagan, 2023-yil oktyabr oyidan buyon shu kafedra o'qituvchisi.

Bugungi kunda boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalariga «Matematika o'qitish metodikasi», «Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi» fanlaridan dars berib kelmoqda.

Shoyeva Yulduz Amin qizi ilmiy-tadqiqot faoliyatini boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, tabiiy fanlarni o'qitish samaradorligini oshirish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish yo'nalishida olib bormoqda. Ilmiy izlanishlarining asosiy yo'nalishi «5E modeli orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (tabiiy fanlar misolida)» mavzusiga bag'ishlangan.

Ilmiy ish doirasida xorijiy va mahalliy olimlarning 5E modeli, tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi, kreativlik va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga oid ilmiy tadqiqotlari o'rganilib, mavjud ilmiy qarashlar qiyosiy tahlil qilinib, ilmiy-amaliy anjumanlarda va ilmiy nashrlarda tadqiqotning ayrim natijalari yoritib borilmoqda.

Shuningdek, tadqiqot ishi doirasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan topshiriqlar, multimedia materiallari va interfaol faoliyatlarni 5E modelining turli bosqichlariga integratsiyalash imkoniyatlarini ishlab chiqib, o'quvchilar faoliyatiga taqdim etgan.

Faoliyat va yutuqlar

  1. 1 ta Scopus bazasidagi maqola
  2. 3 ta o'quv qo'llanma
  3. 1 ta monografiya
  4. 2 ta elektron darslik
  5. 8 dan ortiq mahalliy OAK maqolasi
  6. 10 ga yaqin xalqaro OAK maqolasi
  7. Respublika va xalqaro anjumanlarda chop etilgan maqolalar
  8. 6 ta xalqaro konferensiya sertifikati

Ilmiy rahbarlik

Ilmiy rahbar

Tadqiqot Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri rahbarligida olib borilmoqda.

Ilmiy rahbar

Saidova Mohinur Jonpo'latovna

Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor · Buxoro davlat pedagogika instituti, Boshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri

Ilmiy daraja
Pedagogika fanlari doktori (DSc), 2022
Ilmiy unvon
Professor, 2023
Mutaxassislik
Boshlang'ich ta'lim
Davlat mukofoti
«Oliy ta'lim a'lochisi» ko'krak nishoni, 2023

Saidova Mohinur Jonpo'latovna — pedagogika fanlari doktori, professor, Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri. Ilmiy izlanishlari boshlang'ich ta'lim metodikasi, ta'lim jarayonida axborot texnologiyalari hamda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan.

1991-yil 15-dekabrda Buxoro shahrida tug'ilgan. 2009–2013-yillarda Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakultetida tahsil olib, universitetni imtiyozli tugatgan. Pedagogik faoliyatini maktab o'qituvchisi sifatida boshlab, 2020-yildan oliy ta'lim tizimida ishlaydi; 2022-yildan Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasiga rahbarlik qiladi.

  • 14+darslik
  • 3o'quv qo'llanma
  • 18dasturiy mahsulot guvohnomasi
  • 43xorijiy jurnal maqolasi
  • 200+respublika jurnali maqolasi

Mehnat faoliyati

  • 2009–2020Buxoro shahar 123-maktab-internati — o'qituvchi
  • 2020–2021Buxoro davlat universiteti, Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi — o'qituvchi
  • 2021–2022Buxoro davlat universiteti Pedagogika instituti, Boshlang'ich ta'lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi — kafedra mudiri
  • 2022 — hozirBuxoro davlat pedagogika instituti, Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi — kafedra mudiri

Ilmiy darajalar va unvonlar

  • 2020 · PhD«Boshlang'ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish»
  • 2022 · DSc«Masofaviy ta'lim sharoitida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish»
  • 2022 · 2023Dotsent, so'ng professor. Doktorlik ishi himoyasidan so'ng «O'zbekistonning eng yosh fan doktori ayoli» deb e'tirof etilgan.

Ilmiy qiziqish yo'nalishlari

  1. Boshlang'ich ta'lim metodikasi va matematika o'qitish metodikasi
  2. Ta'lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
  3. Masofaviy ta'lim sharoitida o'qituvchining metodik tayyorgarligi
  4. O'quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirish (5E modeli)
  5. Interfaol metodlar va elektron ta'lim resurslari

Asosiy nashrlari

  • 2022 · DarslikMatematika o'qitish metodikasi — «Durdona», Buxoro, 545 bet
  • 2022 · DarslikKreativ pedagogika — «Durdona», Buxoro, 160 bet
  • 2022 · DarslikTa'limda multimedia texnologiyalardan foydalanish — «Durdona», Buxoro, 290 bet
  • 2022 · Ilmiy nashrMasofaviy ta'lim sharoitida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining metodik tayyorgarligini takomillashtirish — «Durdona», Buxoro, 196 bet
  • 2022 · Ilmiy nashrBoshlang'ich sinf matematika darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish — «Globe», Buxoro, 109 bet
  • 2020 · Qo'llanmaBoshlang'ich ta'lim jarayonida hamkorlik muhitini shakllantirish — «Durdona», Buxoro, 86 bet
  • 2019 · Qo'llanmaBoshlang'ich sinflarda harakatga doir masalalar — «Durdona», Buxoro, 59 bet
  • 2019 · Qo'llanmaLaboratoriya mashg'uloti uchun ishlanmalar — Buxoro, 122 bet
  • 2018 · To'plamBoshlang'ich ta'limda nazorat ishlar to'plami — «Yosh kuch», Toshkent, 157 bet
  • 2017 · Qo'llanmaNutqida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun matematika — «Durdona», Buxoro, 228 bet